Konstitutsiya o'zimizniki

Samarqand tumani “Rustam” mahallasidagi 1-son bolalar o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida “Inson qadri ulug‘langan yurt” degan ezgu g‘oya ostida Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida nuroniylar, yoshlar hamda keng aholi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mehnat faxriylari, iqtidorli yoshlar hamda turli soha vakillari Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, har bir soha rivojiga doir muhim jihatlar xususida so‘z yuritishdi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida elimiz suygan san’atkor, xushovoz xonanda Ravshan Sobirov, Mardon Mavlonov hamda samarqandlik xonandalar tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM