Hudud aholisining necha foizi toza ichimlik suvi bilan qamrab olingan? Sohadagi muammo va kamchiliklar

“Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali boshlig‘i Aziz Fayzikulov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida shu masalalar muhokama qilindi.

Qayd qilinganidek, Samarqand tuman hududida istiqomat qilayotgan 266 ming nafar aholidan 234,1 ming nafari markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan. Shundan 113 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali tomonidan, 59,1 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand shahar filiali tomonidan, 80,7 ming nafari mahallalar hisobidagi suv inshootlaridan va alternativ ravishda ichimlik suv bilan ta’minlangan.

Bugungi kunda ichimlik suvi tarmog‘ining 48,2 kilometri ta’mirtalab. 76 ta suv inshootlarining 34 tasi, 88 ta suv quduqlarining 22 tasi ham ta’mirga muhtoj.

Ta’mirtalab suv inshotlari va suv tarmoqlarining aksariyati qurilganiga 60-70 yil bo‘lgan. Ular o‘zlarning texnik davriy muddatini o‘taiganligi uchun shu holatga kelib qolgan. Ushbu inshootlar va tarmoqlar bosqichma-bosqich davlat dasturlari va boshqa dastur doirasida rekonstruksiya qilib kelinmoqda.

Samarqand tumani hududida jami 226 ta suv inshootlari mavjud bo‘lib, shundan 76 ta suv inshootiga “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali tomonidan xizmatlar ko‘rsatilmoqda va shundan 2 ta guruhli, 1 ta yirik, 63 ta lokal suv inshootlari, qolgan 150 ta suv inshootlariga mahalla tomonidan hisob qitob qilinmoqda. Elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma qilgan holda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmoqda.

Tumandagi 64 mahallaning ichimlik suvi markazlashgan holda to‘liq ta’minlangan. 10 tasi qisman ta’minlangan. Ushbu mahallalarni ichimlik suv bilan to‘liq ta’minlash maqsadida davlat dasturlari doirasida suv inshootlari va tarmoqlari qurib kelinmoqda.

O‘tgan 2022 yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida “Suv ta’minoti va oqova suv obektlari qurilishi bo‘yicha IK” Samarqand viloyati boshqarmasi buyurtmachiligida Samarqand tumani “Qoziqo‘rg‘on” mahallasida 1 dona yangi suv inshooti qurildi va 5 km yangi ichimlik suv tamrog‘ini tortildi. “Do‘stlik” mahallasi hududida 1 dona yangi suv inshooti, 1 dona suv inshootini rekonstruksiya qilindi. 7,2 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, foydalanishga topshirildi.

Barcha manbalar hisobidan amalga oshirilgan ishlar natijasida tuman bo‘yicha 6,4 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. 1,8 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi va ta’minlanish darajasi 91,2 foizdan 92,6 foizga yetkaziladi.

2023 yilda Samarqand tuman hududidagi mahallalarda eskirgan ichimlik suv tarmoqlarni almashtirish va yangi tarmoq tortish hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan suv ko‘tarish nasoslarini ta’mirlash hamda almashtirish maqsadida “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ tashabbusi bilan 2,5 km diametri 50 millimetrli poliyetilin ichimlik suv tarmog‘i va 6 dona yangi suv ko‘tarish nasosi hamda suv ta’minoti bo‘yicha xizmat sifatini yaxshilash maqsadida “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ tomonidan “Krantas” rusumli avariya tiklash ishlari uchun maxsus texnika ajratib berildi.

Shu jumladan, tumandagi “Gulobod” mahallasi hududidagi 600 metr, diametri 200 millimetrli oqova suv tarmog‘i, “Qo‘lba” mahallasi hududidagi 400 metr, diametri 50 millimetrli suv tarmog‘i almashtirildi. “Qorasuv” mahallasiga 500 metr, diametri 50 millimetrli, “Qo‘shmachit” mahallasiga

1500 metr, diametri 50 millimetrli suv tarmog‘i ajratildi. “Obod”, “Sulfakabutak” mahallalari hududidagi suv inshootlariga 4 ta yangi suv ko‘tarish nasoslari o‘rnatildi hamda “Jo‘yiabos”, “Zaxlik” mahallalaridagi suv inshootlarining 4 ta suv minorasi qayta ta’mirlandi va ranglandi.

Mazkur ishlar natijasida mahallalardagi jami 980 ta xonadonlarda yashovchi 4800 nafardan ortiq aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM