Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bugun tuman hokimi, Xalq qabulxonasi mudiri hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida O‘rtashiq mahallasida sayyor qabul o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan murojaatlar tinglandi. Qabulda xususan, mahalla hududidan o‘tgan yo‘l chetidan piyodalar yo‘lakchasi, bolalar maydonchasi qurish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalarida amaliy yordam so‘raldi. Shuningdek, yo‘llarni asfalt qilish kabi murojaatlar tinglandi.

Mutasaddilarga bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM