2023 yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar

Shu mavzuda o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
-  Samarqand tumanida 264 ming 337 nafar aholi istiqomat qiladi, - deydi Sh.Hasanov. - Shundan mehnat resurslari 137 ming 648 nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 114 ming 499 nafarni, iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni esa 23 ming 149 nafarni, xalq xo‘jaligining turli sohalarida band bo‘lgan aholi soni 103 ming 462 nafarni, ishga joylashtirishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 11 ming 37 nafarni tashkil etadi.
2023 yilda jami 25 ming 776 ta doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratilishi bo‘yicha dastur rejalashtirilgan. Sohalar va tarmoqlar kesimi buyicha aytadigan bulsak, 14 ming 584 nafar fuqaroning bandligi “Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik” yunalishida hududlarda tashkil etiladigan mikroloyihalar va mikromarkazlar, savdo servis, hunarmandchilik, turizm va norasmiy ishchilarni rasmiylashtirish hisobidan ta’minlanadi. Xuddi shunday 9 ming 674 nafar fuqaroning bandligi “Qishloq xo‘jaligi” yunalishida dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish, klasterlarga, fermerlarga, pillachilik, takroriy ekin uchun yerni ijaraga berish hisobidan ta’minlanadi.
Joriy yilning utgan 3 oy davomida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha 3 ming 708 ta yangi ish o‘rinlari sohalar va tarmoqlar kesimida rejalashtirilgan. Amalda 6 ming 174 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, choraklik rejan 166,5 foizga bajarildi.
Tumanda 2023 yilda ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha jami 2 ming 75 nafar fuqaroni iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan. Joriy yilning birinchi choragida 401 nafar ishsiz fuqaro yullanma orqali ishga joylashtirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM