Investorlar Samarqand tumaniga qiziqish bildirmoqda

Aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investisiyalar jalb qilish, yurtning yanada taraqqiy etishi mamlakatda sanoat rivoji bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois har bir hududda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Suyunov aynan shu masalalar yuzasidan xitoylik investorlar bilan muzokaralar olib bordi. O‘zaro manfaatlar ilgari surilgan muloqot jarayonida tumandagi kichik sanoat zonasi hududidan qiymati 10 million AQSH dollari miqdorida yangi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi.

Korxona charm sanoat sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, aholining ish bilan bandligini oshirishda muhim rol o‘ynashi qayd etildi. Tomonlar kelgusida ushbu korxonaning ishga tushishiga katta umid bildirishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM