“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tushunchalar berildi

Samarqand tumanidagi 12-son musiqa va san’at maktabi hamda Ravonak kasb-hunar maktablarida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi, mahalla raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, og‘ir toifadagi ishsiz yoshlar, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan salohiyatli tadbirkorlar ishtirok etdi. 

Seminarda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratilishi va ularga moliyaviy rag‘batlar taqdim etilishi, kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlasa soliq imtiyoziga ega bo‘lishlari haqida mas’ullar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM