Sayyor qabul – murojaatlarning ijobiy yechimi

Samarqand tumani Bo‘zi mahallasi aholisi uchun sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda 30 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, asosiy qismi yo‘l ta’miri, elektr energiyasi, ichimlik suvi, moddiy yordam va uy-joy masalasi bo‘ldi. Murojaatlarni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev alohida nazoratga oldi. Ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Qabuldan so‘zng murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etildi. Xususan, mahalla hududidan Samarqand shahriga olib boruvchi yo‘lda turli transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘l belgilari o‘rnatildi.


 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM