
Xabaringiz bor bundan bir necha kun oldin tumandagi Mirishkor mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazilgan edi. Unda 60 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, tuman hokimi nazoratiga olingan. Murojaatlarni joyida o‘tganish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilgan.
Tuman hokimi boshchiligida ana shunday murojaatlar o‘rganildi. Xususan, Qaynama mahallasida yashovchi fuqaro K.Aliyevaning fermer xo‘jaligi hisobida turgan yer maydonidagi noqonuniy qurilishni barataraf etish va yetkazilgan zararni undirish, shuningdek, noreal soliq qarzdorligini so‘ndirish haqidagi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida noqonuniy qurilishlarning oldini olish va buzish to‘g‘risida sud qarori tasdiqlangani aniqlandi. Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi mutasaddilariga ushbu qaror ijrosini ta’minlash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida tegishli topshiriqlar birildi.
Shuningdek, Navbog‘ mahallasidagi fermer xo‘jaligida yuzaga kelayotgan o‘zaro nizoni bartaraf etish, muammolarning yechimi yuzasidan tegishli tashkilot vakillariga topiriqlar berildi.