Yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlandi

Munosabat
Viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Murojaat va ijro” ko‘rsatuvi orqali Samarqand tumanining Badal mahallasidagi muammolar ko‘tarib chiqilgan.
Murojaatda Badal mahallasida yashovchi fuqaro Zubaydulla Toshev o‘zlari yashab turgan mahalla hududidan o‘tuvchi yo‘l va ichki yo‘llar joriy yilning fevral oyida ta’mirlanganini qayd etgan. Biroq oradan bir necha oy o‘tib yo‘lning bir qismi yaroqsiz holatga kelayotgani aniqlangan.
Ko‘rsatilgan ushbu muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida tuman hokimligida ishchi guruhi tuzildi. O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topdi. Shu kunning o‘zida mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan yaroqsiz holga kelib qolgan asfalt qoplamalarini olib tashlash va yo‘llarni ta’mirlash ishlariga kirishildi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM