Yong‘in elektr tarmog‘idan chiqqan uchqun tufayli yong‘in sodir bo‘lgan

Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bular hech kim ko‘rmaydi deb tong sahar somonpoyaga olov yoqib yuboribdi” sarlavhasi ostida post e’lon qilindi. Holat Toyloq tumani hududida sodir etilgani qayd qilingan.
Keyinchalik aniq bo‘lishicha holat Samarqand tumani “Konigil” MMTPga qarashli “Beklar uzumzorlari” fermer xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in Samarqand tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan.
Shundan so‘ng tuman ekologiya va atrofni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan. Ushbu zaxiraga olingan yer maydoni hududidan yuqori kuchlanishli elektr energiyasi o‘tgan bo‘lib, ushbu elektr tarmog‘idan chiqqan uchqun tufayli yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlandi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM