
Samarqand tumani “Rajabamin” mahallasidagi yo‘llar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Mahalladagi elektr simlarini esa besh yildan beri almashtirib berishlarini so‘rab, mas’ullarga murojaat qilishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan postda shu kabi jumlalar keltirilgan.
Tuman hokimligi tomonidan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilib, holat joyiga borib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida haqiqatda mazkur ko‘cha ta’mirtalab ekanligi aniqlandi. Ko‘chani ta’mirlash, asfalt yotqizish onlayn ovoz to‘plash yo‘li orqali amalga oshirilishi, yetarli ovoz to‘plangach amaliy ishlar boshlanishi tushuntirildi.
Bundan tashqari mahalladagi elektr simlarini almashtirish yuzasidan takliflar kiritilgan bo‘lib, keyngi yil dastur asosida kabel va simlarni almashtirib berilishi tushuntirildi.