Giyohvandlikka qarshi kurash-barchamizning burchimiz

Giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biridir.
Chunki asr vabosi – giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani hech kimga sir emas.
Odatda, narkotik moddalarning salbiy ta’siri turli a’zolarning shikastlanishi, hayot uchun muhim funksional tizimlarning izdan chiqishi, xastalikning psixik va fiziologik alomatlari rivojida ko‘rinadi. Narkotik moda iste’mol qilayotgan shaxs asta-sekin psixik jarayonlar faolligini oshiruvchi vositalarsiz xissiy idrok etish layoqatini yo‘qotadi. Achinarlisi, hayot lazzatini giyohvand moddalarsiz tasavvur eta olmay qoladi. Bu esa giyohvandlikka chalingan shaxslarni jinoyat ko‘chasiga boshlaydi.
Shu sababli, mahallalar, maktablar boshqa o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda balog‘at yoshidagi o‘smirlar bilan o‘tkaziladigan muloqotlarning ahamiyati katta. Chunki ilmiy izlanishlarga ko‘ra, narkotiklar bilan ilk marotaba tanishish odatda 15-17 yoshlilar orasida boshlanadi. O‘smirlik davrida inson gormonal jihatdan juda tez rivojlanadi va bu davrdagi yoshlarning psixo-fiziologik holati dinamik jihatdan nixoyatda jo‘shqin o‘zgarishlarga boy bo‘ladi va o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. 
Shu boisota-onalar, o‘qituvchilar va mahalla ahlining o‘smirlardagi bu o‘zgarish va alomatlardan boxabar bo‘lishlari, ularni giyohvandlikning zararli oqibatlari to‘g‘risida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat ekanligini hech birimiz unutmasligimiz zarur.

Shaxzodjon Latifov,
Samarqand tuman prokurorining yordamchisi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM