Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, zamonaviy yo‘l va kommunikasiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi

Matbuot anjumanida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ishtik etdi.
Ta’kidlash kerakki, Samarqand tuman hududida istiqomat qilayotgan 266 ming nafar aholidan, 234,1 ming nafari markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan. Shundan 113 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali tomonidan, 59,1 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand shahar filiali tomonidan, 80,7 ming nafari esa mahallalar hisobidagi suv inshootlaridan va alternativ ravishda ichimlik suv bilan ta’minlangan.
Samarqand tumani hududida jami 226 ta suv inshootlari mavjud bo‘lib, shundan 76 ta suv inshootiga “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali tomonidan xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Shundan 2 ta guruhli, 1 ta yirik, 63 ta lokal suv inshootlari, qolgan 150 ta suv inshootlariga mahalla tomonidan hisob qitob qilinmoqdan va elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma qilgan holda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmoqda.
Joriy yilda Samarqand tuman hududidagi mahallalarda eskirgan ichimlik suv tarmoqlarni almashtirish va yangi tarmoq tortish hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan suv ko‘tarish nasoslarini ta’mirlash hamda almashtirish maqsadida “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ tashabbusi bilan 2.5 km diametri 50 milli metrli poliyetilin ichimlik suv tarmog‘i va 7 dona yangi suv ko‘tarish nasosi, “Krantas” rusumli avariya tiklash ishlari uchun maxsus texnika ajratib berildi.
Shu jumladan, tumandagi “Gulobod” mahallasi hududidagi 600 metr diametri 200 milli metrli oqova suv tarmog‘i va 20 metr suv ko‘traish nasosi almashtirildi. “Qo‘lba” mahallasiga 400 metr diametri 50 milli metrli, “Qorasuv” mahallasiga 500 metr diametri 50 milli metrli, “Qo‘shmachit” mahallasiga 1500 metr diametri 50 milli metrli suv tarmog‘i ajratildi. Shuningdek, “Sho‘rboi” mahallasidagi suv inshootiga 1 dona, “Shirinobod” mahallasidagi suv inshootiga 1 dona, “Qavchinoni bolo” mahallasidagi suv inshootiga 1 dona va “Obod” mahallasidagi suv inshootlariga 2 dona, “Sulfakabutak” mahallalari hududidagi suv inshootlariga 2 dona yangi suv ko‘tarish nasoslar o‘rnatildi. “Jo‘yi Abos”, “Zaxlik” mahallalaridagi suv inshootlarining 4 ta suv minorasi qayta ta’mirlandi va ranglandi. Ushbu ishlar natijasida mahallalardagi jami 980 ta xonadonlarda yashovchi 4800 nafardan ortiq aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
2023 yil barcha manbalar hisobidan amalga oshirilgan ishlar natijasida tuman bo‘yicha 6,9 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi, 2,5 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanishi va ta’minlanish darajasi 92,6 foizdan 93,5 foizga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM