DIQQAT E'LON!

Aholi, jumladan yoshlar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashtirishda qulaylik yaratish va bo‘sh ish o‘rinlarini ularning e'tiboriga yetkazish maqsadida  tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda, joriy yilning 12 mart kuni soat 10:00da bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Yarmarka Samarqand tumani, “Gulobod” MFY hududida joylashgan 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabida o'tkaziladi. Unda tumandagi korxona hamda tashkilotlar tomonidan bo'sh ish o‘rinlari taklif etiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi va ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Image_elon: 
2015-2020 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM