Tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda
22.09.2023 - 18:37Samarqand tumanida ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tumanda jami 1,6 km ichimlik suv tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirlandi. Shundan 0,74 km mukammal va 0,86 km joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga joriy va mukammal ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi. Bundan tashqari mavsumda 9 dona yangi suv ko‘tarish nasosi o‘rnatilib, 42 dona suv ko‘tarish nasoslari qayta ta’mirlandi.