Янгиликлар

50 gektarlik uzumzor bir sutkada sug‘oriladi

 

Bundan 4-5 yil avval bu yumushni bajarishga oylab vaqt sarflanardi. Navbat kutish, ortiqcha elektr energiyasi, ishchi kuchi, isrofgarchilik. Tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgach, hammasi ortda qoldi.

Bu gaplar bugun Samarqand tumanida o‘tkazilgan press-turda takror-takror aytildi. Tadbirda OAV vakillari tumandagi uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi ayrim fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi. 

Sektor rahbarlari Qo‘shtamg‘ali fuqarolarini qabul qildi

Qo‘shtamg‘ali mahallasida tashkil etilgan qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, bandlik, tibbiyot birlashmasi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi. Unda 30 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora ko‘tarilgan uchrashuvda murojaatlar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda kommunal soha masalalariga oid bo‘ldi.

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi

Respublikamizni barcha joylarida bo'lgani kabi Samarqand tumanida ham bugungi kun munosabati bilan obodonlashtirish ishlariga kirishildi. Erta tongdan Samarqand tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi, "Maroqand obod", Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida maxsus texnikalarga start berildi. Tozalik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Samarqand tumanidagi yirik qurilishlar bo‘ylab jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi

Press-tur ishtirokchilari Samarqand eshkak eshish kanali hududida joylashgan turizm markazida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘lishdi.

- Ikki yuz gektar maydonda qurilayotgan markazda 8 ta ko‘p yulduzli mehmonxona, nufuzli anjumanlar o‘tkazishga mo‘ljallangan Kongress-xoll zali barpo etilmoqda, - deydi turizm markazi direktori O‘ktam Latipov. – Shuningdek, «Abadiy shahar» majmuasi, 10 ga yaqin ekokottejlar, oilaviy dam olish maskanlari, sport musobaqalari o‘tkaziladigan maydonlar qurilmoqda.

 

Biz tomonlarda

Viloyat teleradiokompaniyasininig "Biz tomonlarda" oko‘rsatuvi ijodkorlari Samarqand tumani mehmoni bo‘ldi. Ijodkorlar mahallalarda tashkil etilgan oilaviy tadbirkorlik ishlari bilan qiziqdi. 

Ozon qatlamini himoya qilaylik

Samarqand tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi davlat inspektorlari hamda Samarqand tuman Ekologik partiyasi tashkiloti bilan hamkorlikda 16-sentyabr butun jaxon "Ozon qatlamini himoya qilish" kuni munosabati bilan tumandagi maktablarda profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM