Янгиликлар

Tuman hokimligida mahalla raislari ishtirokida seminar o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi kuni munosabati bilan barcha tumanlarda qizg‘in jarayonlar bormoqda. Mazkur jarayonni ochiq va shaffof o‘tishida mahalla tizimining o‘rni alohida. 
Tuman hokimining o‘rinbosarlari Sh.Xasanov va boshqalar “Saylov kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishlar xususida keng ma’lumot berdi. Mahallalarda olib borilishi zarur bo‘lgan obodonchilik ishlari, saylovchilarni shaffof o‘tkazishga barcha sharoitlarni yaratilishi, bunda mahalla tizimi xodimlarining vazifalari to‘g‘risida zarur tavsiyalar berildi.

Hokim saylovga tayyorgarlik jarayonini o‘rgandi

Xabaringiz bor joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu jarayonlarda tashkil etiladigan saylov okruglari va uchastkalarida komissiya a’zolarining saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida barcha tumanlarda seminar-treninglar, o‘quv darslari bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, saylovni munosib o‘tkazish borasida barcha tashkiliy masalalar ko‘rilmoqda. Bugun tuman hokimi ana shu jarayonlar bilan tanishdi.

“Barkhan Hall” туристик маскани пресс-тур иштирокчиларида қизиқиш уйғотди

Samarqand tuman hokimligi hamda tuman Turizm va sport bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan пресс-турда иштирокчилар Самарқанд туманидаги “Barkhan Hall” туристик масканида бўлди.

ОАВ валкиллари мажмуада меҳмонларнинг дам олиши, табиатнинг гўзаллигидан баҳраманд бўлиши ва миллий таомлардан татиб кўришлари учун яратилган шарт-шароитлар билан таништирилди.

Yana 25 nafar o‘quvchi sertifikatga ega

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi Samarqand tumani “Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi” tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv kurslarini 25 nafar yoshlar yakunlashdi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchilarp “Yoshlar 1+1” dasturi doirasidagi 48 soatlik o‘quv kurslarini tugatib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM