Янгиликлар

Yana bitta oilaviy shifokorlik punkti ish boshladi

Qo‘shtamg‘ali mahallasida Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi Oxunboboyev oilaviy shifokorlik punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqanlar tibbiyot sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor xususida to‘xtaldi. Xodimlarning malakasini oshirish, ularga zamonaviy sharoitlar yaratib berish orqali aholi salomatligini mustahkamlash ayni davr talabi ekanligi qayd etildi.

Samarqand tumaniga Vengriyadan naslli jo‘jalar keltirildi

Joriy yilning o‘tgan davrida Samarqand tumanidagi “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi tomonidan Vengriya davlatining “AVIAGEN K.F.T.” kompaniyasidan 216 ming 465 bosh “ROSS-308” krossli naslli jo‘jalar keltirildi. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatning 9 ming so‘mini qoplash uchun davlat tomonidan 1 milliard 948 million 185 ming so‘m miqdorida subsidiya mablag‘i ajratildi.

Samarqand tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Bu haqda Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Unda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudirlari ishtirok etdi. Samarqand tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga Orifjon Marupovni yig‘ilganlarga tanishtirildi.
O.Marupov bugunga qadar Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limida “Axborot kommunikasiya texnologiyalarni rivojlantirish sho‘basi” mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Yangi o‘quv yili boshlandi

Tumandagi barcha umumta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. Ayni vaqtda Samarqand tumanidagi 52-umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” va Mustaqillik darslari o‘tkazilmoqda...

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM