Янгиликлар

Ochiq muloqotda yoshlarning ekstremizm va terrorizm, odam savdosi, narkotrafik kabi turli illatlarga aralashib qolmaslik humda bunday tahdidlarni hal etishda amalga oshirilayotgan ishlar borasida so‘z yuritildi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda yillar davomida to‘planib qolgan muammolar ochiq-oydin ko‘rsatilib, ularni hal etishga doir muhim vazifalar belgilab berilayotganini alohida qayd etmoqchiman, - dedi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili Azamat Gafurov. - Negaki, jamiyat hayotidagi hech bir soha davlatimiz rahbarining e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q. Eng asosiysi, davlatimiz Rahbarining alohida e’tibori tufayli barcha jabhalarda keskin burilish va ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilyapti.

Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova, tuman turizm va sport bo‘limi boshlig‘i F.Xotamovlar yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotganini ta’kidlashdi.

Murojaatlar tinglandi

Tuman hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov va sektor rahbarlari ishtirokida qabul tashkil etildi. Unda Xalq qabulxonalariga 150 dan ortiq murojaat qoldirgan 3 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi.

Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, svetofor o‘rnatish, kutubxona tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotiga tabiiy gaz tarmog‘ini o‘tkazish, ichimlik suvi minorasini elektrlashtirib, foydalanishga topshirish, daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxslarga nisbattan chora ko‘rish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Samarqand tumanida investisiyalarni jalb qilish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

Samarqand tumani hokimining investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shoxrux Asliyev matbuot anjumanida shu haqda ma’lumot berdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM