Tuman rahbarlari Do‘stlikdagi “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
02.08.2022 - 23:31Samarqand tumani Do‘stlik mahallasidagi 5-umumta’lim maktabida “Mansur Sifat Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlariga 2 milliard 400 millon so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, ushbu mahallada yangi 60 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti ham qad ko‘tarmoqda. Mahalla hududi obodonlashtirilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanyapti. Elektr energiyasidagi muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotir.