Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishdagi bugungi kun holati, mavjud muammolarini o‘rganish, bartaraf etish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida 2023-yilga belgilangan rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi
16.12.2023 - 12:33Unda Samarqand tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha bosh mutaxxasisi Shoxrux Eshmurodov ishtirok etdi.
Qayd qilinganidek, Samarqand tumanida ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Samarqand tumanida “Zarafshon” va “Do‘stlik” elektr tarmoqlari korxonasi faoliyat yuritib kelmoqda. Samarqand tumanida elektr energiya iste’molchilar soni 57496 ta, shundan 54151 ta aholi iste’molchilari bo‘lib, 3345 ta yuridik istemolchilarni tashkil etadi.