Янгиликлар

Maqsad - aholi roziligi, islohotlarning quyi bo‘g‘inga qadar yetib borishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatida investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, vazifalarning bajarilishi ustidan jamoatchilik va deputat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh vakillari Samarqand tumanida bo‘lishdi.

Ochiq muloqotda tuman mudofaa ishlari bo‘limining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Qayd etilganidek, istiqlol yillarida mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlovchi yuqori harbiy salohiyatga ega bo‘lgan armiyaning shakllantirilganligi bugungi tinch va osoyishta hayotimizning muhim asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida umumta’lim maktablarida komandirlar yashiklari joriy etildi va ushbu to‘plamga chaqiriluvchilarni Vatanni himoya qilishda qurollardan foydalanish hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash sir-asrorlari o‘rgatib borilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun seminar tashkil etildi

Mamlakatimizda uzumchilikni yanada rivojlantirish xalqimizning uzum yetishtirish borasidagi asrlar davomida shakllangan milliy dehqonchilik tajriba, an’ana va madaniyatini yuksaltirish, hududlarda tomorqa yer egalarining bandligi va daromadlarini oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan uzumchilikni rivojlantirishga qaratilgan  qarorlar qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Samarqand tumanida kitoblar ko‘payadi

Navbatdagi matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.
16 ming 778 ta kitob fondiga ega axborot-kutubxona markazida 5200 ta badiiy adabiyotlar, 1120 ta ijtimoiy-siyosiy va boshqa turdagi kitoblar mavjud, - deydi tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova. – Bundan tashqari tumandagi 9 ta mahallada hamda umumiy o‘rtata’lim maktablarida 53 ta kutubxona bor. Mazkur maktablarda mavjud kutubxonalarda 1-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘zbek, rus va tojik tillarida badiiy adabiyotlar 71 ming 701 tani tashkil etadi.

“Armiya - Vatanparvarlik va jasorat maktabi”

Samarqand tumani “Rustam” mahallasida navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish maqsadiga yo‘naltirilgan “Armiya - Vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, harbiy qism xizmatchilari, tuman mudofaa bo‘limi xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM