Янгиликлар

Yangijoy, “Rustam” va “Diyor” mahallalarida muammolar o‘rganildi

Bugun tuman hokimi O‘rtashiq mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabida Kimyo, Fizika va Biologiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayoni bilan tanishdi. Kelgusida o‘quvchilarning bilim saviyasini yanada mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi ko‘rsatkichlarini oshirish va xalqaro fan olimpiadalarga tayyorlash borasidagi fikrlarini tingladi. Bu borada hokimlik tomonidan yetarlicha e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Samarqand tumanida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida qanday ishlar olib borilmoqda? Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Firdavs Nizomov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular to‘g‘risida so‘z bordi.

-   Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun soliq tizimida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida qator ishlar olib borilmoqda, - deydi F.Nizomov. – 2022-yilda yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga joyiga borgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar, dastlabki bugalteriyasini yuritishga ko‘maklashish, hisobotlarni taqdim qilish muddatlari va tartiblari, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari tushuntirib kelinmoqda.

Samarqand tumanida uch avlod vakkillari uchrashdi

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuv dastlab, tumandagi Xo‘ja Ahrori Valiy majmuasini ziyorat qilish bilan boshlandi.


Shundan so‘ng ishtirokchilar “Rustam” mahallasida bo‘lishdi. Nuroniylar bu yerda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Raduga” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM