Янгиликлар

Kutubxona qachon tartibga keladi?

Ishim tushib onda-sonda Pushkin nomidagi kutubxonaga boraman. Har doim kitobxonlar bilan to‘la zallarni ko‘rib xursand bo‘lasiz. Nafaqat yoshlar, balki o‘rta va undan yuqori yoshdagi foydalanuvchilar ham borligi yana bir karra zavqlantiradi. Joy yo‘qligidan yerda o‘tirib dars qilayotganlar ham bor. Afsuski bu holatni tuman kutubxonalarida kuzatish qiyin. 

Jurnalistlar Samarqand tumanidagi huquq-tartibot maskaniga bordi

Samarqand tumani Qo‘shtamg‘ali mahallasidagi 64-huquq-tartibot maskanida tashkil etilgan press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari maskanda profilaktika nozirlari faoliyati, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Tadbirda viloyat va tuman IIB HPB mas’ul xodimlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Samarqand tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida “Tadbirkorlarning murojaatlari qonuniy hal etilyaptimi?” mavzusida so‘z bordi

“Agrobank” ATB Samarqand filiali tomonidan 2021 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va savdo tashkilotlariga yil davomida jami 78 ta yuridik tashkilotlar murojaati asosida 12 692 000 000 so‘m, jismoniy shaxslarga 301 ta fuqaroga jami 11 746 000 000 so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Bank tomonidan 31 ta tadbirkorga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun jami 7 860 000 000 so‘m, 12 ta tashkilotga 3 240 000 000 so‘m, parrndachilikni rivojlantirishga va 35 ta tashkilotga boshqa maqsadlar uchun 1 592 000 000 kredit mablag‘lari ajratilgan.

Oila, maktab va mahalla hamkorligi. Buning qizlar tarbiyasidagi ahamiyati qanday?

Samarqand tumani hokimining maslahatchisi Zulfiya Rafiyeva ishtirokida o‘tgan matbuot anjumani shunday nomlandi.

Qayd etilganidek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan sanaladi.

Yangijoy, “Rustam” va “Diyor” mahallalarida muammolar o‘rganildi

Bugun tuman hokimi O‘rtashiq mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabida Kimyo, Fizika va Biologiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayoni bilan tanishdi. Kelgusida o‘quvchilarning bilim saviyasini yanada mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi ko‘rsatkichlarini oshirish va xalqaro fan olimpiadalarga tayyorlash borasidagi fikrlarini tingladi. Bu borada hokimlik tomonidan yetarlicha e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM