Arabxonada yangi tibbiy punkti ochildi
07.12.2023 - 21:32Samarqand tumanidagi Arabxona mahallasida 7 ming nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadigan tibbiy punkti foydalanishga topshirildi.
Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tibbiy punktning ochilish marosimida tuman hokimi keyingi yillarda aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgshanini ta’kidladi va muassasa bilan mahalla fuqarolarini tabrikladi.