Янгиликлар

Munosabat

Yaqinda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tumandagi “Sharof Rashidov” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar mahalla raisi faoliyatidan noroziligini bildirib, shikoyat arizasi yo‘llashgani, shuningdek, mahalladagi boshqa millat vakillariga qarashli qabristonning qarovsizligi, yo‘l muammolari, nazorat quduqlarining qopqoqlari yo‘qligi, elektr energiyasi kabi muommolar yuzasidan mahalla raisining yuqori tashkilotlarga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilgani tanqid ostiga olingan lavha e’lon qilindi.

Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Samarqand tumaniga keldi

Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Samarqand tumanidagi Yangiariq mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Bunda tuman hokimi mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyat, qizil toifadan yashil toifaga o‘tkazish, aholi daromadini oshirish, mahalla beshligi faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Sa’dullo Uzoqov, tuman hokimining o‘rinbosari: 2023-2024-yillar qish-bahor mavsumida ichki iste’mol bozori uchun jami 2935 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari talab etiladi

Bugungi ochiq muloqotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tumanda jami 64 ta muzlatkichli kameralar va omborxonalar mavjud bo‘lib, bular oddiy sovutgich, vakumli sovutgich, shokli muzlatgich va amiyakli sovutgich muvjud bo‘lib, quvvati 49485 ga teng.

Samarqand tumaniga investitsiyalarni jalb qilish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

Navbatdagi matbuot anjumani shu mavzuda bo‘ldi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Suyunov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, 2023 yilda umumiy qiymati 196,2 mln. dollar bo‘lgan 4 ta loyiha doirasida 120,0 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya hamda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Samarqand tumanida ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tumanda jami 1,6 km ichimlik suv tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirlandi. Shundan 0,74 km mukammal va 0,86 km joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga joriy va mukammal ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi. Bundan tashqari mavsumda 9 dona yangi suv ko‘tarish nasosi o‘rnatilib, 42 dona suv ko‘tarish nasoslari qayta ta’mirlandi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM