Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, zamonaviy yo‘l va kommunikasiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi
04.08.2023 - 17:39Matbuot anjumanida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ishtik etdi.
Ta’kidlash kerakki, Samarqand tuman hududida istiqomat qilayotgan 266 ming nafar aholidan, 234,1 ming nafari markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan. Shundan 113 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali tomonidan, 59,1 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand shahar filiali tomonidan, 80,7 ming nafari esa mahallalar hisobidagi suv inshootlaridan va alternativ ravishda ichimlik suv bilan ta’minlangan.