Samarqand tumanida kitoblar ko‘payadi
09.08.2023 - 10:24Navbatdagi matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.
16 ming 778 ta kitob fondiga ega axborot-kutubxona markazida 5200 ta badiiy adabiyotlar, 1120 ta ijtimoiy-siyosiy va boshqa turdagi kitoblar mavjud, - deydi tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova. – Bundan tashqari tumandagi 9 ta mahallada hamda umumiy o‘rtata’lim maktablarida 53 ta kutubxona bor. Mazkur maktablarda mavjud kutubxonalarda 1-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘zbek, rus va tojik tillarida badiiy adabiyotlar 71 ming 701 tani tashkil etadi.