Янгиликлар

Samarqand tumanida qancha yoshlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda?

-  Tumanda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ustuvor vazifa etib belgilab olingan, - deydi o‘tkazilgan ochiq muloqotda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova. - O‘tgan vaqt davomida mazkur yo‘nalishlarda sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o'rinbosari ayol kishi bo‘ldi

Xaydarova Istoda Raxmonovna Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Istoda Xaydarova davlat soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 1999-yilda Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasida tashkiliy va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis vazifasida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh hisobchisi vazifasida ishlayotgan edi. 

I.Xaydarova soliq xizmatining I darajali inspektori.

Болаларни 2 ёшдан боғчага қабул қилишга рухсат берилди

Ўзбекистонда 1 апрелдан бошлаб тўлиқ қувват билан ишламаётган давлат мактабгача таълим ташкилотларига 2 ёшдан 3 ёшгача бўлган болаларни пуллик хизмат кўрсатиш шаклида қабул қилишга рухсат берилди, дея хабар бермоқда (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/3465) Мактабгача таълим вазирлиги (асос (https://lex.uz/pdfs/5899498)).

Samarqand tuman IIBga yangi boshliq tayinlandi

Kecha, 9 mart kuni Samarqand, Narpay, Oqdaryo tumanlariga hamda Samarqand shahri Ichki ishlar bo‘limlariga boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib o‘rtasidagi xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:
podpolkovnik Anvarjon Aminovich Rahmatov Samarqand tumani IIB boshlig‘i lavozimiga lavozimiga tayinlandi.

Atmosfera havosini yaxshilash maqsadida targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan

Samarkand tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning yanvar oyidan bugungi kunga qadar Milliy gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tumanda doimiy kuzatuv reydlar olib borilmokda, - deydi navbatdagi matbuot anjumanida tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Jahongir Bobonazarov.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM