Янгиликлар

Qarzdor ota salkam 60 million so‘m aliment to‘ladi

Fuqarolik ishlari Toyloq tumanlararo sudining 2021-yil 22-yanvardagi qaroriga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi K.A.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan  ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Qarzdor ota farzandi ta’minotini o‘ylab 59 million 50 ming so‘m aliment pulini to‘lab berdi.
Gʻolibjon ISHANQULOV,
Majburiy ijro byurosi 
Samarqand tuman bo‘limi

Tuman hokimligining 18 nafar xodimi malaka oshirib, sertifikatga ega bo‘ldi

Samarqand tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 10-moddasi talablari asosida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritilishi bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan tumandagi 12 ta davlat tashkilotlarida, 15 ta umumta’lim maktablarida o‘rganish o‘tkazildi.

Maxsus hisobdan chiqarilgan yoshlar sog‘lom hayotga qaytdimi?

Samarqand tuman ichki ishlar bo‘limida hozirgi kunda jami 297 nafar yoshlar profilaktik hisobda turibdi. Shundan 2022 yil fevral oyida 53 nafar yoshlar bilan IIB HPB TP profilaktika inspektorlari va hamkor tashkilotlar tomonidan olib borilgan profilaktik ishlar davomida xulqi va odobi ijobiy tomonga o‘zgarganligi sababli profilaktik hisobdan chiqarildi.

Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha ob’yektlar qo‘riqqa olinmoqda

-  Samarqand tuman qo‘riqlash bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida jami 162 ta ob’yekt, 29 ta xonadon  shartnoma asosida qo‘riqlanib kelinmoqda, - deydi tuman milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i Talat Olimov matbuot anjumanida.

Joriy yilda 7 mahalla binosi to‘liq foydalanishga topshiriladi

Samarqand tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi  tomonidan tumandagi 74 ta mahallaning moddiy texnika ta’minotini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratilgan. Masalan, 2021 yilda 3 ta mahalla binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Qoziqo‘rg‘on, Konigil va Gulobod mahallalari shular jumlasidan. Bundan tashqari 7 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimning o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xasanov o‘tkazilgan ochqi muloqotda shudlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM