Янгиликлар

Fotolavha

Samarqand tumanidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida aniq fanlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlardan fotolavhalar

Korrupsiyaga qarshi kurash ko‘pchilikning ishi

 

Samarqand tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Korrupsiya. Uning oldini olishda faol bo‘ling!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda maktab o‘qituvchilari, mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudi sudyasi D.Nuraliyev ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi salbiy ta’siri haqida so‘z yuritdi.

Давра суҳбати ўтказилди

Жорий йилнинг 15 февраль куни Самарқанд туманидаги 15-сонли МТМда, туман МТМ ходимлар иштирокида, жиноят ишлари бўйича Самарқанд туман судининг судьяси Д.И.Нуралиев томонидан “Коррупция ва уни олдини олиш”, “Аёлларга нисбатан зўравонлик”, Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 январдаги ЎРҚ-744-сонли Қонунининг мазмун моҳияти юзасидан давра суҳбати ўтказилди.

“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!

So‘ngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Aziz haydovchilar!

Bu ma’lumot mutlaqo o‘rinsiz!

Ikki nafar sportchimiz qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi

Toshkent shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kubogi yakunlandi. Mazkur musobaqada Samarqand viloyati sharafini ikki nafar sportchimiz munosib himoya qildi. Xususan, Samarqand tumanidagi 24-umumta’lim maktabi o‘quvchilari Shahzod Yorqulov hamda Tal’at Nurmamatovlar faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Endi ular jahon chempionatida ishtirok etadi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM