Янгиликлар

Navbatdagi matbuot anjumanida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odam savdosini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi Azamat Gafurov ishtirok etdi.

- Bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi bo‘lishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga nisbatan mustahkam insoniylik pozisiyasi bilan yondashishni talab etadi, - dedi A.Gafurov. - Yoshlarni diniy ekstremizm va terorizm, “ommaviy madaniyat” hamda ma’naviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlaridan asrash har birimizning burchimizdir.

Samarqand tumanida ishlab chiqarish hajmi oshmoqda

2021 yilda Samarqand tumanida ko‘plab sohalarda o‘sishga erishildi. Masalan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmi 1 746,5 mlrd. so‘mga ko‘tarilib, o‘sish sur’ati 114,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, xizmatlar hajmi 1 172,6 mlrd. so‘mga ko‘tarildgan. O‘sish sur’ati 117,1 foizni tashkil qildi. Chakana tovar aylanmasi 1 027,0 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 122,5 foiz, qurilish ishlari hajmi 503,0 mlrd.

Samarqand tumanida namunaviy uylarga nom berildi

3-sektor hududiga qarashli Nayman mahallasida joylashgan namunaviy uylarga mahalla raisi, hokim yordamchisi faolligida Shodiyona, Meros, Nurli zamin, Bashariyat, Pahlavon Mahmud nomlari berildi. 
Ushbu nomlar respublika ekspertizasidan o‘tkazilgan bo‘lib, uylarni raqamlashtirishda zamonaviylik va milliylikni uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa namunaviy uylarga kelgan tez tibbiy yordam, uzoq va yaqindan keladigan mehmonlar uchun xonadonlarni topishda qulaylik yaratadi.

Samarqand tumanida 100 yoshdan oshgan daraxtlarga tabiiy yodgorlik maqomi berilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruhsat berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 43-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 martdagi 115-sonli buyrug‘iga

Bo‘zida “1-sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Tumandagi Bo‘zi mahallasida “1-sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Firdavs Gʻaniyev so‘zga chiqib, Samarqand tumanida o‘tgan davr mobaynida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilgan ishlar, amalga oshirilgan isloxotlar to‘g‘risida malumot berdi. Har bir uchrashuvda yoshlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Ham tabiat, ham jamiyat kushandalari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Samarqand tumani nazorat bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazildi. Unda tumanning Shirinobod mahallasi hududidagi yo‘l bo‘yida o‘sib turgan daraxtlarga ziyon yetkazilgan holatda reklama bannerlari osib quyilganligi aniqlandi. Mazkur holatni joyida bartaraf etish ishlari ko‘rildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM