Янгиликлар

Davlatimiz rahbari «Silk road Samarkand» turizm markazi qurilishi bilan tanishdi.

Bu ulkan majmua Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilmoqda. Loyihaning qiymati 381 million dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda 8 ta mehmonxona, kongress xoll, «Abadiy shahar» karvonsaroyi qurilmoqda. Mehmonxonalarning ikkitasi 22 qavatli, besh yulduzli, qolganlari to‘rt yulduzli bo‘ladi.
Bu yerda zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Аniq ishlar olib borilishi zarur

Samarqand tumani Konigil agrofirmasi hududida 2022 yil hosili uchun g‘alla parvarishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Seminarda tegishli tashkilot rahbarlari, agrofirma raislari xamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Unda boshoqli don ekinlarida zang kasalliklari tarqalishini va ularga qarshi kurash bo‘yicha aniq ishlar olib borilishi zarurligi ta’kidlandi.

Тuman ochiq birinchiligi o‘tkazildi

Samarqand tuman turizm va sport bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tuman ochiq birinchiligi o‘tkazildi.

Sportning sambo turi bo‘yicha “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada 55 kg vazn bo'yicha Bexruz Furqatov hamda 48 kg vazn toifasida Firdavs Baxriyev birinchilikni qo'lga kiritdi. Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga keldi va xalqaro aeroportda yaratilayotgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi. 

 (https://president.uz/uz/lists/view/4968)Aeroport qariyb 83 million dollarlik loyiha evaziga yangidan qurilmoqda. O‘tgan yili uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta qurilgan edi. Bugungi kunda yangi terminal to‘liq tiklanib, unda pardozlash ishlari olib borilmoqda. 

Bir soatda 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladigan terminalni kelgusi oyda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

"Dala hovlida" yashovchilar nimadan norozi?

Tumanning chekka qishloqlaridan bo‘lgan Qorasuv mahallasining shimoliy-g‘arbiy qismida bir vaqtlar (sobiq Sho‘rolar davrida) shahardagi bir qator tashkilot, korxonalar tomonidan yer olinib, o‘zlarining ishchi-xizmatchilariga dala hovli qurish uchun taqsimlab berilgandi. Keyinchalik mazkur tashkilot va korxonalar tugatilib, faoliyati  to‘xtatildi. Xo‘sh, ularni ishchi-xizmatchilarining dala hovlilari nima bo‘ldi?

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM