Янгиликлар

Hashar tashkil etildi

Umriso O‘roqova Samarqand tumani Mehrobod mahallasida istiqomad qiladi. U uzoq yillardan beri nogiron bo‘lib yashab kelmoqda. Bugun mahalla yoshlari yetakchilari tashabbusi bilan onaxonning xonadonida hashar tashkil etildi.

Hokim o‘rinbosari O‘rtashiqda yoshlar muammosini tingladi

Samarqand tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova O‘rtashiq mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
Uchrashuv avvalida tumanda tadbirkorlik istagida bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtaldi. Shundan so‘ng ochiq muloqot boshlandi. Unda tuman yoshlarining ishga joylashish, ayniqsa, imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish kabi mavzulardagi o‘nlab murojaat va takliflari tinglandi.

“Zaytun” milliy shirinliklar tayyorlash kichik korxonasi o‘z faoliyatini boshladi

Samarqand tumani hokimi yordamchisi Zafar Zaynetdinov ko‘magi bilan Gulbog‘ mahallasida ishga tushirilgan oilaviy korxonada 200 million so‘m imtiyozli kredit asosida milliy shirinliklar ishlab chiqarilmoqda.
-  Korxonamizning ishga tushishi bilan 7 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, - deydi korxona rahbari Nurjahon Saidova. – Bu yerda 30 xildagi turli shirinliklar ishlab chiqaryapmiz. Tayyorlagan mahsulotlarimizni mahallamizning o‘zida, shuningdek, ichki bozorga ham olib chiqyapmiz. 

Президент ҳузуридаги йиғилиш бошланди.

"Сўнгги беш йил давомида аҳоли сув таъминотини яхшилаш бўйича 10 триллион сўм ёки олдинги йилларга нисбатан 5 баравар кўп маблағ ажратдик. Бу даврда илк бор 6,5 миллион аҳоли тоза ичимлик суви билан таъминланди", деди давлатимиз раҳбари йиғилиш аввалида.

2021 йилда 6300 километрга яқин ичимлик ва оқова сув тармоқлари тортилгани, 474 та сув иншоотлари қурилгани, 592 та маҳаллада 2,5 миллион аҳолининг сув таъминоти яхшилангани таъкидланди.

26-umumta’lim maktabida navoiyxonlik kechasi o‘tkazildi

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.  Ayni kunda yurtimizda buyuk shoir tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri tumanimizdagi 26-umumta’lim maktabida tashkil etildi.

Samarkand tumanida mahalliy o‘g‘it chiqarish hamda ariq-zovurlarni qazish ishlari jadal tashkil qilinmoqda

Tumandagi 319 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil hosili uchun mahalliy o‘g‘it  jamg‘arish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda 6105 tonna  mahalliy o‘g‘it jamg‘arilgan.
Xususan, Navro‘z MTP hududidagi “Azam Azamat Agro” fermer xo‘jaligi tomonidan 25 gektar yerda g‘alla parvarish qilinmoqda. Har bir gektar uchun 3 tonnadan mahalliy o‘g‘it jamg‘arish hamda ariq-zovurlarni qazish ishlari amalga oshirilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM