Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
14.02.2022 - 14:01Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan Samarqand tumanidagi 26-umumta’lim maktabida adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda Boburning hayoti va ijod yo‘li keng o‘rganildi. Gʻazal va ruboyilari o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishi orqali tamоshabinlarga yetkazib berildi.