Янгиликлар

Hokim Buxori mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi

Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov Buxori mahallasi fuqarolari bilan hududda amalga oshiriladigan investision loyihalarni muhokama qildi.
Xususan, mahalla huddudida kelgusida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli binolar, keng va ravon yo‘llar to‘g‘rida ma’lumot berildi. Buning uchun amalga oshiriladigan ayrim snos masalalari ham fuqarolarning diqqat markazida bo‘lishdi. Bu borada aholi o‘zini qiziqtirgan savollar bilan investorlarga yuzlandi.
Uchrashuvda shu va boshqa loyihalar aholi roziligi bilan amalga oshirilishi kelishib olindi.

Samarqand tumanida 260 ming aholiga 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta oilaviy poliklinika va 7 ta oilaviy shifokorlik punktlari birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi

Tuman hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Suvonov aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar xususida so‘z yuritdi.

Samarqand tuman hokimligida “Inson qadri uchun” ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Turon Fanlar akademiyasi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda akademiya prezidenti Haydarbek Bobobekov, tuman hokimi Nosir mavlonov va boshqalar so‘zga chiqib, akademiya faoliyati, vakolatxonaning maqsad va vazifalari, unga a’zo bo‘lish tartibi, shuningdek, Samarqand tumanida ilmga bo‘lgan intilish va natijalar haqida gapirdi.

Abdullo Aslonov Turizm va sport vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston prezidentining 2 fevraldagi 110-sonli qaroriga ko‘ra, Abdullo Aslonov turizm va sport vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Abdullo Aslonov 1984 yil 8 iyul kuni Samarqand viloyatida Samarqand tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tamomlagan. Shuningdek, u Regent London (Angliya), Kings Institute (Angliya), Marlborough College of Businnes and Technology (Angliya) talabasi bo‘lgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM