“Zaytun” milliy shirinliklar tayyorlash kichik korxonasi o‘z faoliyatini boshladi
09.02.2022 - 10:55Samarqand tumani hokimi yordamchisi Zafar Zaynetdinov ko‘magi bilan Gulbog‘ mahallasida ishga tushirilgan oilaviy korxonada 200 million so‘m imtiyozli kredit asosida milliy shirinliklar ishlab chiqarilmoqda.
- Korxonamizning ishga tushishi bilan 7 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, - deydi korxona rahbari Nurjahon Saidova. – Bu yerda 30 xildagi turli shirinliklar ishlab chiqaryapmiz. Tayyorlagan mahsulotlarimizni mahallamizning o‘zida, shuningdek, ichki bozorga ham olib chiqyapmiz.