Maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi
03.02.2022 - 10:46Respublika maxsus komissiyasining 2022 yil 2 fevraldagi 97-son bayoniga muvofiq, 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda davom ettiriladi.
Bunda, barcha umumta’li maktablarida o‘qituvchi va o‘quvchilar niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy rioya etilgan holda antiseptik vositalardan muntazam foydalanishlari talab etiladi.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlari amaldagi dars jadvali asosida sinf sistemasida tashkil etiladi.