Янгиликлар

Samarqand tumanida 260 ming aholiga 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta oilaviy poliklinika va 7 ta oilaviy shifokorlik punktlari birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi

Tuman hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Suvonov aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar xususida so‘z yuritdi.

Samarqand tuman hokimligida “Inson qadri uchun” ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Turon Fanlar akademiyasi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda akademiya prezidenti Haydarbek Bobobekov, tuman hokimi Nosir mavlonov va boshqalar so‘zga chiqib, akademiya faoliyati, vakolatxonaning maqsad va vazifalari, unga a’zo bo‘lish tartibi, shuningdek, Samarqand tumanida ilmga bo‘lgan intilish va natijalar haqida gapirdi.

Abdullo Aslonov Turizm va sport vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston prezidentining 2 fevraldagi 110-sonli qaroriga ko‘ra, Abdullo Aslonov turizm va sport vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Abdullo Aslonov 1984 yil 8 iyul kuni Samarqand viloyatida Samarqand tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tamomlagan. Shuningdek, u Regent London (Angliya), Kings Institute (Angliya), Marlborough College of Businnes and Technology (Angliya) talabasi bo‘lgan.

Maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi

Respublika maxsus komissiyasining 2022 yil 2 fevraldagi 97-son bayoniga muvofiq, 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda davom ettiriladi. 

Bunda, barcha umumta’li maktablarida o‘qituvchi va o‘quvchilar niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy rioya etilgan holda antiseptik vositalardan muntazam foydalanishlari talab etiladi.

Shuningdek, dars mashg‘ulotlari amaldagi dars jadvali asosida sinf sistemasida tashkil etiladi.

Hokim navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Tuman hokimligida o‘tkazilgan qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi. Bu galgi qabulda 10 ga yaqin fuqaro tomonidan masalalar o‘rtaga tashlandi. Ushbu murojaatlarning ijrosi tegishli tashkilot mutasaddilari zimmasiga yuklatildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM