Янгиликлар

4-sektor rahbari Shirinobodda sayyor qabul o‘tkazdi

Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.Nizomov Shirinobod mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulda fuqarolarning har bir murojaatini alohida o‘rgandi. Murojaatlar ichki yo‘llarni ta’mirlash, suyultirilgan gaz balonlarini o‘z vaqtida kelinmayotganligi kabi masalalar yuzasidan bo‘ldi.

Qabulda bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida yechimini topish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Matbuot anjumani aliment to‘lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi

Unda majburiy ijro byurosining Samarqand tuman bo‘limi boshlig‘i Baxodir Yusupov ishtirok etdi.
Anjumanda tuman hududida aliment qarzdorliklari undirilishi belgilangan mablag‘larni majburiy undirishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.
O‘tgan 2022 yilning 12 oyi davomida aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy to‘lovlarni undirib borish masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Buzg‘unchi g‘oyalar xalqimizga yot

Hozirgi davrda diniy ektremizm va xalqaro terrorizm xavfi butun jahon ahlini tashvishga solmoqda. Ma’lumki, ekstremistik harakatlar buzg‘unchi g‘oyalarga tayanadi, ulardan oziqlanadi. 
Shu bois ularga qarshi samarali kurashish uchun ekstremistik tafakkur qanday shakllanishini, uning ildizlari qayerdaligini chuqur o‘rganish zarur.  
Yoshlarni ruhan sog‘lom hamda ma’nan barkamol qilib tarbiyalash, turli yot g‘oyalardan himoya qilish bugunning dolzarb vazifasidir. 

Taraddud

Bahor faslining kirib kelishiga ham sanoqli kunlardan qoldi. Bu faslda dalada dehqonchilik ishlari avj oladi, albatta.

Ammo hozir ham dehqonlar tinib o‘tirishgani yo‘q. Kelgusi yil hosili uchun puxta taraddud ko‘rishmoqda.

Shu kunlarda barcha fermer xo‘jaliklarda dalaga mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, ariq va zovurlarni tozalash ishlari amalga oshirilyapti.

Xususan, Chordara MMTP hududidagi “Abubakr” va “Rozikov Jamol saxovati” fermer xo‘jaliklari ishchilari ariq va zoqurlarni tozalash ishlariga shijoat bilan qo‘l urishgan.

Samarqand tumani adliya bo‘limining 2022 yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mo‘minov ishtirok etdi.
Ta’kidladiki, bo‘lim tomonidan 2022 yil 4-choragi davomida kelib tushgan 368 ta xat va hujjatlarning 188 tasi ko‘rib chiqilib, 5 tasi rahbar huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilingan. 8 tasi bo‘yicha nazorat rejasi, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 7 ta hujjat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan va 182 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. Ushbu topshiriqlarning 1 tasi doimiy ijrodagi topshiriq xatlarni tashkil qiladi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM