Yong‘in elektr tarmog‘idan chiqqan uchqun tufayli yong‘in sodir bo‘lgan
01.08.2023 - 17:28Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bular hech kim ko‘rmaydi deb tong sahar somonpoyaga olov yoqib yuboribdi” sarlavhasi ostida post e’lon qilindi. Holat Toyloq tumani hududida sodir etilgani qayd qilingan.
Keyinchalik aniq bo‘lishicha holat Samarqand tumani “Konigil” MMTPga qarashli “Beklar uzumzorlari” fermer xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in Samarqand tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan.