Quyosh panellari: energetik barqarorlikka erishishning eng maqbul yo‘li
01.03.2023 - 17:26Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida aholi farovonligini oshirish choralari ko‘rilyapti, tadbirkorlik rivojiga keng yo‘l ochildi. Pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, yurtdoshlarimiz turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boryapti.
Xususan, so‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foiz, shu jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.