Янгиликлар

Samarqand tumanida investitsiya imkoniyatlari kengayadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umirzakovning tashabbusi bilan tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari hamda matassaddi tashkilot rahbarlaridan iborat “Loyiha guruhi” tashkil etilgan. 
Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilgan seminarda mazkur “Loyiha guruhi” a’zolari ishtirok etdi.

Qorasuvda noqonuniy chiqindixona topildi

Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan noqonuniy chiqindixona anqlandi.
Tumanning Qorasuv mahallasi hududidagi yo‘l yoqasida mahalliy aholi tomonidan kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan turli maishiy va qurilish chiqindilarni tashlab ketishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu chiqindixona tozalandi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari o‘rtasida ekologik qoidalarga amal qilish borasida tushuntirish ishlari olib borildi, ayrim fuqarolarga ogohlantirish berildi.

Qorasuvda o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 ga yaqin murojaat bo‘ldi

Tumanimizda inson manfaatlari har narsadan ulug‘ degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Joylarda tuman hokimi tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar anashular jumlasidandir.
Bugun 3-sektor hududida joylashgan Qorasuv mahallasida Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov, tuman IIB boshlig‘i Farrux Gafarovlar tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM