Янгиликлар

Qorasuvda noqonuniy chiqindixona topildi

Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan noqonuniy chiqindixona anqlandi.
Tumanning Qorasuv mahallasi hududidagi yo‘l yoqasida mahalliy aholi tomonidan kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan turli maishiy va qurilish chiqindilarni tashlab ketishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu chiqindixona tozalandi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari o‘rtasida ekologik qoidalarga amal qilish borasida tushuntirish ishlari olib borildi, ayrim fuqarolarga ogohlantirish berildi.

Qorasuvda o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 ga yaqin murojaat bo‘ldi

Tumanimizda inson manfaatlari har narsadan ulug‘ degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Joylarda tuman hokimi tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar anashular jumlasidandir.
Bugun 3-sektor hududida joylashgan Qorasuv mahallasida Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov, tuman IIB boshlig‘i Farrux Gafarovlar tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Har birimiz tabiat tirikligi uchun mas’ulmiz

Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov navbatdagi matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Samarqand tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

"Diyor" mahallasi aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Xabar qilganimizdek,  fuqarolarning bugunidan rozi bo‘lib, ertangi kuniga umid bilan yashashi uchun mahallada ulkan o‘zgarishlar boshlab yuborilgan.

Xususan, mahallada aholi ayniqsa, dispanser nazoratida bo‘lgan, homilador ayollar, keksalar, bemorlar, koronavirus kasalligiga chalinib davolanib chiqqan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Kasallik alomatlari aniqlangan bemorlarni davolash va sog‘lomlashtirish, dori-darmon vositalari bilan ta’minlash choralari ko‘rilayotir.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM