Янгиликлар

Ilk qabul Diyor mahallasida bo‘ldi

Tuman hokimi va sektor rahbarlari Diyor mahallasida fuqarolarni qabul qildi.
Joriy yilda o‘tkazilgan ilk qabulda asosan elektr energiyasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, kadastr masalalari shuningdek, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtiri borasidagi ishlar keng muhokama etildi. Har bir murojaat tegishli tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda qayd qilinganidek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat talablari ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha bugungi kunda bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurutayotgan pedagog xodimlar bilan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi amaliyotga tadbiq yetish bo‘yicha doimiy ravishda amaliy o‘quv seminarlar tashkil yetilib, unda tumanda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog xodimlar qamrab olinib kelinmoqda.

Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazildi

Unda Samarqand tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.Gʻaniyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining raisi N.Rajabov va boshqalar ishtirok etdi. O‘tkazilgan qabulda sud masalalari yuzasidan 18 nafarga yaqin fuqaro qabul qilinib, qabul jarayonida 4 nafar fuqaro jazoni ijro etish davomida intizomli bo‘lganligi sababli muddatidan oldin jazodan shartli ravishda ozod etildi. Qolgan 14 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM