Янгиликлар

Seminar tashkil etildi

Samarqand tuman xalq ta’limi bo‘limida umumta’lim maktablarining MMIBDO‘lari uchun “Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar  samaradorligini yanada oshirish va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish omillari” mavzusida seminar tashkil etildi.

“Mard askar – yoshlar namunasi”

Samarqand tumanidagi 20-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Mard askar – yoshlar namunasi” shiori ostida sayoxat tashkil etildi.


O‘quvchilar “Yoshlar forumi - 2021” hamda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida O‘zbekiston havo yo‘lari qo‘riqlash maskanida bo‘lishdi. Bu yerda yoshlar harbiy texnika, qurol-aslahalar, ularni ishlatish tartibi bilan tanishtirildi. Shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.

Dilovar Tohirovaning xonadonida bayram

Samarqand tumani "Talibarzuibolo" mahallasida yashovchi boquvchini yo‘qotgan Dilovar Tohirovaning xonadoni homiylar tomonidan qayta ta’mirlandi va yashash uchun zarur sharoitlar yaratilgan holda egasiga topshirildi.

D.Tohirova bu ezgu ishda bosh-qosh bo‘lgan mahalla raisi U.Nasimov va 2-sektor rahbari U.Muhammadiyevdan minnatdor.

Navbatdagi seminar tashkil etildi

Tuman hokimligida tashkil etilgan seminarda xorijda qonuniy yo‘l bilan ishlash uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi muhokama qilindi. Tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari ishtirok etgan seminarda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakili Ulug‘bek Allanov, Normamat Baxromov bu borada keng ma’lumot berdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM