Bir kunda 2000 ga yaqin daraxt ekildi
24.12.2021 - 15:37Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Ko‘chat o‘tqazgan bilan u ko‘karib qolmaydi. Yosh niholga alohida e’tibor zarur. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov va sektor rahbarlari Samarqand tumanidagi turizm markazi artofida ekilayotgan manzarali daraxtlarning parvarishiga yil davomida alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.