Янгиликлар

Viloyat hokimi o‘rinbosari Samarqand tumanida bo‘ldi

Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov Samarqand tumanida bo‘lib, tumanda ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
Xususan, Talibarzu mahallasida “Mahallabay yoshlar balansini shakllantirish“ bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bu borada har bir soha rahbarlarining vazifalari to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

2021 yil davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil qilingan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 2 milliard 875 million so‘m homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi

Matbuot uyida tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumanida tumanda 2021 yil davomida fuqarolar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z bordi.

Unda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Firdavs Gʻaniyev ishtirok etdi.

Dashtiobodda rahbar va yoshlar uchrashdi

Samarqand tumanidagi Dashtiobod mahallasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tumani hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova, tuman prokuraturasi, soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 
Uchrashuv davomida mahalla yoshlarini ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish va kichik biznes uchun kreditlar olish masalalarida murojaatlari tinglandi va bu borada duch kelayotgan muammolari atroflicha o‘rganilib ijobiy hal qilinishiga erishildi.

Endilikda xorijga chiqish biometrik pasportlarini davlat xizmatlari markazlaridan ham olish mumkin

2022 yil 1 yanvardan boshlab, bir qator xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan. Bu haqda DXA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.

Samarqand tumanida kuz-qish mavsumi uchun uzluksiz ishlovchi shtab tuzildi

Hurmatli tumandoshlar!

 
Mazkur shtablar uzluksiz, ya’ni, 24 soat davomida ishlaydi.

Shtablar aholi va ijtimoiy ob’yektlarni ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, ko‘mir bilan ta’minlash, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Agar joylarda bu borada muammolar kuzatilsa, fuqarolar tuman hokimligining shtabida o‘rnatilgan (66) 612-55-90, (66) 612-54-95

Suv masalasida: 93-720-43-14, 91-531-21-17 raqamlari

Gaz masalasida: 66-616-43-05, +99897-925-40-20, 
va qisqa (104) raqamlari

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM