Янгиликлар

154 nafar xotin-qiz adabiyot, san’at, ta’lim va sport yo‘nalishida bellashdi

“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi yakunlandi.
Tanlovda yetti yo‘nalish bo‘yicha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 154 nafar iqtidorli xotin-qiz ishtirok etdi.
Ishtirokchilar adabiyot, san’at (tasviriy, amaliy, bezak, dizayn), madaniyat, ta’lim, fan, sport, jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

3 ta maktabning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Viloyat ta’lim inspeksiyasi va Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda saylanma tarzda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarimida viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilov raisligida tumandagi 89 nafar maktab direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayoni holati atroflicha muhokama etildi. Yig‘ilishda viloyat ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Gʻ.Boboxolov, tuman hokimining o‘rinbosari D.Azizovalar ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qirq oltinchi sessiyasi boshlandi

Sessiyada xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etmoqda.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi “Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi PQ-4883-sonli qarorida belgilangan vazifalarni Samarqand viloyatidagi ijrosi yuzasidan:

Samarqand tumanida “Yoshlar murabbiysi” aniqlandi

Shar’iy nikohga munosabatingiz qanday? Ota-onaning qarovsiz qolgan farzandi tarbiyasiga kim mas’ul? Oila ajrimi jarayonida mol-mulk taqsimoti yuzaga keladigan muammolarning yechimi yuzasdan qanday taklif bera olasiz?
“Yoshlar murabbiysi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida ishtirokchilarni ana shunday savollar o‘ylantirdi.

Kuz fasli inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?

Kuz oylarida inson salomatligida ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Kishilarda tomoqning achishishi yoki bo‘g‘ilib qolishi, burun bitishi, tana haroratini ko‘tarilishi va shu kabi kasallik alomatlari tez-tez kuzatila boshlaydi.
Kuz fasli o‘zining sekin-asta sovuqlashayotgan havosi bilan insonlar organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Bu faslda kunduzgi harorat nisbatan issiq bo‘lsa-da, kechasi havo haroratining pasayib borishi kuzatiladi. Bunday sharoit yozning issig‘idan yashiringan virus va bakteriyalar uyg‘onishi uchun qulay.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM