Янгиликлар

Qishloq ayollari e’tiborda

Bugun respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu islohotlar qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan ayollarni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Tuman hokimligida tashkil etilgan tadbir ushbu so‘zlarimizning isboti bo‘ldi.

Til bilish dunyoni anglash demakdir

Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
Samarqand tumanidangi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida yosh avlod qalbida ona Vatanga, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatning yanada ortishi, uning nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berildi.

“Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 70 ta asbob-uskuna tarqatildi

Bugun tuman hokimligiga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 70 nafar fuqaro yig‘ildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari D.Azizova “daftar”dagilarni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi banq qilishi uchun sharoit yaratish borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtaldi. Shundan so‘ng ularning murojaatlari asosida pishiriq pechlari, temir payvandlash uskunalari o‘z egalariga tarqatildi.

Har bir mahalla raisiga planshet berildi

Samarqand tumanida 74 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatadi. Bugun tumanning aholisi 262 ming nafardan oshdi. Keyingi yillarda tumanimizda ushbu aholini qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda qishloq joylarda axoli uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotir. Shu boisdan davlatimizning kelajagi, taraqqiyoti, ravnaqi bilan bog‘lik bo‘lgan bunday ulug‘vor vazifalarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham alohida o‘rin tutadi.

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari rag‘batlantirildi

Ta’kidlash joizki, respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar o‘z natijasini bermoqda. Tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda ham shu maqsadlar ko‘zlandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM